ERTA UYG'ONISH UCHUN MASLAHATLAR!!!
- Shaha Dolimov
- 23 янв. 2018 г.
- 2 мин. чтения
Ko’pchiligimizda uchraydigan eng katta muammolardan biri bu barvaqt uyg’onishdir. Adashmasam har bir inson har kuni ertalab bu muammoga duch keladi. “Yana 5 daqiqadan so’ng turaman deb” 1 soat o’tkazib yuborish hech gap emas. Erta turishning inson tanasiga va uning kuniga foydalari haqida juda ko’p eshitganmiz. Bugungi maqolamda qanday qilib tongni to’g’ri qarshilash haqida o’z maslahatlarimni beraman.
1. Erta turish uchun erta uxlang!!!
Ha to’g’ri o’qidingiz. O’rtacha inson har kuni 5-9 soatgacha uxlash kerak. Bur raqam har bir kishiga qarab o’zgaradi. Kimdir 8 va kimdir esa 5 soat uxlaydi. Shaxsan menga, kun bo’yi uzimni yaxshi his qilishim uchun 5 soat uyqu yetarli. O’qishlarim ko’p bo’lganligi tufayli, uyquga odatda kechki 00:00 yoki 01:00 da yotaman va ertalab barvaqat 6da uyg’onaman. Agar siz 8 soat uxlaydigan inson bo’lsangiz ertalab soat 6da uyg’onish uchun kechki soat 10-11larda uxlash tavsiya e’taman.
2. 1 stakan suv
Uyquga ketishingizdan oldin yoningizga 1 stakan suv qo’yib yoting. Uyqudan turishingiz bilan shu suvni iching. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib sizga shuni ayta olamanki, bu odat keyinchalik sizni uxlab qolmaslikka katta yordam beradi. Qurib qolgan tanangizga suv bersangiz, qoningiz ancha yurishadi va uyqu ancha yengil ochiladi.
3. 2-3 soat oldin ovqatlanish
Uyquga yaqin ovqatlanish ham sizni ertalab uyg’ona olmasligingiz sabablaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun yotishdan kamida 2 yoki 3 soat oldin ovqatlanish maqsadga muvoqdir. Yotishdan oldin yana 1 stakan suv ichib olish ham tavsiya etiladi.
4. Sotsial set
Bilaman bu gapni aytganim bilan juda kamchilik qiladi. Balkim shu maqolamni hozir uyquga ketishdan oldin o’qiyotgan bo’lishingiz ham mumkin haha. Lekin uyquga ketishdan oldin elektronik vositalardan qancha kam foydalansangiz shuncha yaxshi.
5. Kitob o’qing
Tez uyquga ketish uchun, uxlashdan oldin kitob o’qishni tavsiya qilaman. Kitobni stol lampasi yoki xona yorug’ligi yaxshi bo’lgan joyda o’qing.
Kichik bo’lsada maqolam sizlarga yoqdi deb umid qilaman. A’lo kayfiyat sizni hech qachon tark etmasin. Agar ma’qolam yoqgan bo’lsa, pasdagi “yurakcha”ni ezib qo’yish, qandaydir firkringiz bo’lsa “komment” seksiyasiga qoldirish va albatta do’stlaringiz bilan ham ulashish yodingizdan chiqmasin!!!

Saytga shunchaki sizning biografiyangizga qiziqib kirgan edim, lekin foydali malumot bilan chiqayapman, omad
Raxmat
Rakhmat kerakli va foydali maslaxatlar uchun
Жуда керакли маслахат
Raxmat barjasi ucun uzum bu filrlarni ilmi tamonlama tastiqlayman va fikirlarizga quwilamn sababi mani uzim ham hozirda sutudentman medisina yonliwida har bitta aytkan fikriz haqida kitoblar ham bor juta foydali malumotlr !