KOFE VA FITNESS
- Shaha Dolimov
- 28 янв. 2018 г.
- 1 мин. чтения
Kofening fitness bilan o´zaro bog´liq tomonlari juda ham ko´p. Bugungi maqolamda sizlarga kofening inson tanasiga 5 xil yaxshi ta´siri haqida aytib beraman.
1. Kofe semirishning oldini oladi
Shugúllanishdan oldin kofe iste´mol qilish, tananing semizlik hujayralari energiya shaklida ishlashiga sabab bo´ladi. Qora kofening ichidagi yuqori kaffein modasi (caffeine) inson tanasining hazm qilish sistemasini kuchaytiradi va bu holat kun bo´yi ko´proq kaloriya
yo´qotishimizga sabab bo´ladi.
2. Yaxshiroq va ko´proq shugúllanish
Sports Medicine jurnalining yozishicha kofe bu kuchli ergogenik vosita ekan. Ya´ni shugúllanish oldidan kofe ishte´mol qilish, shugúllanish darajasini oshirib, ko´proq va yaxshiroq shugúllanishimizga sabab bo´lar ekan.
3. Diqqatni jamlash uchun vosita
Fitness yoki har qanday tanani zo´riqishga olib keluvchi mashqlarda diqqatni bir jamga joylash bu juda muhim. Olimlarning yozishicha, kofe shugúllanish davomida diqqatni jamlash uchun eng kerakli narsalrdan biri ekan.
4. Muskullarning og´rishini oldini olish
Illinois Universitetining yozishiga qaraganda, shugúllanish oldidan kofe iste´mol qilgan inson kofe iste´mol qilmagan insondan ko´ra, muskullari kamroq og´rir ekan.
5. Kasalliklar oldini olish
Har kuni kofe iste´mol qilib turish, inson tanasida uchraydigan turli xil kasalliklar jumaladan, diabet, Parkinson, Aljamir, va boshqa rak kasalliklari oldini olar ekan.
Shaxsiy tajribamdan kelib shuni maslahat bergan bo´lardimki, hech qandan shakar mahsulotlari qo´shmasdan qora kofe ichishga odatlaning. To´g´ri bunga ko´nikish juda qiyin lekin albatta
ko´niksa bo´ladi.
Kichik bo’lsada maqolam sizlarga yoqdi deb umid qilaman. A’lo kayfiyat sizni hech qachon tark etmasin. Agar ma’qolam yoqgan bo’lsa, pasdagi “yurakcha”ni ezib qo’yish, qandaydir firkringiz bo’lsa “komment” seksiyasiga qoldirish va albatta do’stlaringiz bilan ham ulashish yodingizdan chiqmasin!!!

juda ajjoyib malumotlar